Пайшанба, 09.01.2025, 12:01 | Главная |
Наш опрос
Саҳифани баҳолаш
Жами жавоблар: 20
|
Главная » 2009 » Июль » 7 » Ватанни соғиниб
Ватанни соғиниб | 18:12 |
Холдор Вулқон
VATANNI SOG’INIB
Osmon - bosh chanog‘im, bulutlar - miyyam Oyog‘im ostida o‘ralashma, yer! Sen xo‘kiz shoxida omonat lappak. Ko‘ksim qafasida na’ra tortar she’r. Yurak - yadro bomba, ipga ilingan, Bu tog‘lar tog‘ emas, bukchaygan daxma, Shu joyga tiriklay dafn qilingan, Xazrati Xaqiqat alayxirrahma, Yopig‘ini aytsam, gapning qing‘iri, Qanotsiz uchguvchi qo‘rqinchli qushman. Do‘stimdan ham ozroq yomonlik qilding, Menga sadoqatsiz ekansan, dushman! Yulduz bosib ketdi osmonni, qara, Besh million, o‘n million, yuz million, milliard! Sayoq sayyoralar soqqasi, bilsang, O’yinga xozirlab qo‘yilgan billiard. It ham yashamaydi bugun bochkada, Butunlay o‘zgarib ketgan biogen. Iskandar tirjayar quyoshni to‘sib, Oltin qasrlarda yashar Diogen. Menga yashash uchun bochka topilmas, G’urbatda oqardi soch - soqol, murtim. Seni men bir zum ham unutganim yo‘q, Meni ham unutib yuborma, Yurtim!
2007 yil, 25 yanvar,soat 22dan 51 minut o‘tdi. Bishkek shahri.
|
Категория: Шеърлар |
Просмотров: 948 |
Добавил: valfajr
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |