SO‘Z SEHRI
(Xayku xaqida )
XYapon she’riyatidan Хoldor Vulqon tarjimasi. 1983 yil.
Xayku yolg‘izlikni kuylaguvchi ixcham san’at asari bo‘lib u tashvishlardan bezgan, noxaqliklardan, ozorlardan charchagan, g‘iybatlar paykonidan vujudlari g‘alvir, xorg‘in ruh egalarining chekinadigan uzlatgoxi, xilvatidir. Yapon shoirlari tabiat bilan uyg‘un umr kechirib xaykular yozish uchun roxiblar kabi janda kiyib, xassa tayanib yovvoyi kaptarlar g‘uvillayotgan kimsasiz dalalar ortida,tumanli tog‘ qishloqlaridagi chakalakzor o‘rmonlarda, vayrona ibodatxonalarning unut xarobalarida, yovvoyi gullar ochilib yotgan o‘ngirlarda yolg‘iz yashaganlar va go‘zal, o‘lmas asarlarni yozib qoldirganlar. Xaykularda ko‘p qirrali nimkosa ma’no, falsafiy mazmun yo‘q. Yapon shoirlari xaykular orqali go‘zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali o‘quvchiga xayrat bag‘ishlaydi, tuyg‘ularini ibtidoiylashtirib tabiatga yaqinlashtiradi, insonning hissiyotlarini sun’iylik g‘uborlaridan tozalaydi.Xaykularda aks etdirilgan manzaralarni ko‘z oldingizga keltira olsangiz, tog‘dagi qishloqda oy chiqishini sarg‘ayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko‘tarilayotgan to‘lin oyni ko‘rayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, bo‘lasiz. Tahayyul va tahayyur shu’lalariga yo‘g‘rilasiz. Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini o‘z tarjimam orqali xukmingizga xavola qilarkanman, shunday ajoyib yapon shoirlarining xaykularini va tankalarini ona tilimizga o‘girish menga ham nasib etgani uchun Janobi Haqqa hamdu sanolar aytaman.
Negaki, Payg‘ambarimiz Sarvari koinot Hazrati Muhammad Sallolloxu A’layxi Va Sallam o‘z xadisi muboraklarida marxamat qilib: -So‘zda sehr, she’rda hikmat bor - deganlar. Qolaversa, yapon shoirlari toju-taxt vasvasasi, fisqu fasod, shaxvoniyat va molu dunyo xirsidan yiroq o‘z xayku va tankalarida Ollox yaratgan dunyoning go‘zal manzaralarini aks ettirib bandalarga hayrat bag‘ishlaydi , insonlar qalbida Ollox qudratining tajallosi bo‘lgan tabiatning musaffo go‘zalligiga mexr - muhabbat uyg‘otadi.
BUNDAN 600 YIL AVVAL YOZILGAN XAYKU VA TANKALAR
Baland qoyadagi daraxtga yana Ilinib qolibdi Mening varragim . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Ajoyib varrak ko‘tarildi Kambag‘alning tomi ustidan Ko‘m - ko‘k osmonga . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek Varragim boshqa varraklar bilan Qo‘shilib likillar Edo* ustida . . .
Kobayasi ISSA .
* Edo- Tokioning eski nomi.
* * * Sel toshqini . Oh , qanchalar to‘lib oqmoqda , Qal’a atrofidagi zovurlar !
Masaoka SIKI .
* * * Bahor seli . Okeanga quyilmoqda Bo‘tana suvlar . . .
Yosa BUSON .
* * * Suv toshqini Mushuk tushib ketdi oqimga Sakrab o‘tolmadi bechora .
XORO.
* * * Bahor shamoli . Yutoqib - yutoqib suv ichar sichqon Sumida daryosidan . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Qayiq ustida varaqlari Tosh bilan bostirilgan kitob Bahor shamollari esar . . .
KITO .
* * * Bahor shamoli . Turnalar oqarib xurpayar , Qarag‘aylar orasida . . .
RAYDZON .
* * * Xuddi odamlarday daydib yuribdi , Kaptarlar , chumchuqlar Baliq ovi mavsumida .
Kobayasi ISSA .
* * * Baliq ovi mavsumida Qisqichbaqa ishonqiramay O’lchab yurar qumda oyoq izlarin . . .
ROFU
* * * Gullagan sakuralar ichra Fudziyama yuksalmish ko‘kka - Yaponiyada bahor !
SYoU.
* * * Uzoqdagi fudzi tog‘larin To‘sib qo‘ydi yashil to‘nila Yoshgina yaproq .
Yosa BUSON .
* * * Sholi ekish mavsumi . Ox qancha qayg‘u , qancha tashvishlar Quyilgan - a bu qo‘shiqlarga !
Kobayasi ISSA .
* * * Dexqon uxlar tog‘ etagida . Ketmonchaga boshini qo‘yib To‘rg‘ay sayramoqda havoda .
Kobayasi ISSA .
* * * Sholipoya chopgani chiqdim . Qush ham sayrab qo‘ymas aqalli Tog‘ yonbag‘rida . . .
Yosa BUSON .
* * * Men bu yerni ag‘dargunimcha Ketib qopti dala osmonida Suzib yurgan bir parcha bulut . . .
Yosa BUSON .
* * * Oqshom tutunlari . Nog‘oralar zirillar gulxan tomonda Chalinadi quloqqa qo‘shiq . . .
RYoTA .
* * * Kun uzoq cho‘zilar Ko‘prikka qo‘nganicha turar tustovuq Ketmaydi uchib . . .
Yosa BUSON .
* * * Kun uzundan uzoq , Olisdan elas - elas eshitiladi , Objuvozning horg‘in g‘ijiri . . .
YaXA .
* * * Uzoqda uchmoqda bir gala o‘rdak , Men ketmonchamni chayqayman . ” G’aq ” etadi nimadir suvda . . .
Yosa BUSON .
* * * O’tloq uzra tutun cho‘zilgan Vaysashmoqda bir narsalar deb Ikkita biya . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Eh sen bulbul ! Loy oyog‘ingni arttayapsanmi , Olxo‘ri gullariga . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Bulbul sayrayapti Har zamonda tashlab qahrli nazar Mening kulbamga . . .
Kobayasi ISSA .
* * *
Bulbul sayramoqda Gox uyonga , gox buyonga o‘girilib Gullagan novdada . . .
Yosa BUSON .
* * * Bulutlarga sho‘ng‘ib Va ularla uchib shamolga Qaldirg‘ochlar kelar bahorda .
DAKOTSU.
* * * Dexqon ishlayotgan Orol ustida ham To‘rg‘ay qo‘shig‘i . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Yashil javdarizor . To‘rg‘ay ko‘tarildi dala ustiga So‘ng yana pastladi . . .
ONISURA .
* * * Narsalarni yoruqqa qo‘yib , Kuzataman soyalar tug‘ilishini Kuzgi choshgoxda . . .
KYoSI .
* * * Tong yorishar Qo‘ng‘iroqlar ovozi Tumanlarga belanar .
Mantsuo BASYO .
* * * Fudzi tog‘i , Kuzgi osmonni teshib Ko‘tarilar yuksakka .
ONISURA .
* * * Kuz kechasi O’raladi no‘noq yo‘lovchi Yupqa ko‘ylakka . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Taralmoqda ” o - o - o - ou ! ” Mungli chorlov aks - sadosi Tun qo‘ynida daydiydi bug‘u . . .
Matsuo BASYO .
* * * Kuzgi tog‘da ibodatxona . Ayvonda turgancha tingladim ma’yus Bug‘u chorlovin . . .
Kobayasi ISSA .
* * *
Bug‘u ovozi Olisga jaranglab singadi Ma’yus va ma’yus
Matsuo BASYO .
* * * Tungi sovuq . Menga juldur to‘nin qarzga beradi Daladaga qo‘riqchi . . .
Matsuo BASYO .
* * * Izg‘irin , Uzoqlarda kasal turnani Ko‘rayapman men . . .
Yosa BUSON .
* * * Po‘sht - po‘sht , chirildoq Xozir yonboshimga ag‘darilaman - Qani , jo‘nab qol - chi bu yerdan !
Kobayasi ISSA .
* * * O’choq boshidagi kovakka Chirildoq kirib olgan Tungi sovuq . . .
Yosa BUSON .
* * * Kuz kelmoqda Bu xaqda xabar olib , Uchib keldi qizil ninachi .
SIRAO .
* * * Zog‘cha tutib oldim Uning ko‘zlariga qarab bildimki , Kuz kelayotir .
DAKOSU .
* * * Ilgaklangan eshik - Hovli sahnasida O’ynar xazonrez . . .
TYeYGA .
* * * It xurmoqda Ajratib qurigan xazon shitirin Xovlida bo‘ron . . .
Sisey - DZYO .
* * * Oyoq ostidan chiqqach Chiroyliroq bo‘lib qoldi u - Bujmaygan yaproq
KYOSI .
* * * Nok archayapman , oqmoqda , Xushbo‘y ,shirin tomchilar Pichoq bo‘ylab yugirib . . .
Masaoka SIKI .
* * * Oppoq xrizantema - Mana qarshisida to‘xtab qaychi ham Qotib qoldi bir daqiqaga .
Yosa BUSON .
* * * Yangi bog‘ yaratdim Nihoyat undagi toshlar namlandi Birinchi qish yomg‘iri . . .
SYADO .
* * * Birinchi qish yomg‘iri Maymun ham qarshilik qilmaydi Kiydirsang chopon .
Matsuo BASYO .
* * * Qanday qaysar odam ! Baliq tutar qish yomg‘irida Qosh qoraygan chog‘ . . .
Yosa BUSON .
* * * Men shamolga qarshi yurayapman Soyabonim ortga tortadi Qishki yomg‘irlar vaqti . . .
Sisey - DZYO .
* * * Dexqon keng dalada Menga yo‘l ko‘rsatdi Yulingan sholg‘om bilan . . .
Kobayasi ISSA .
* * * Tashlandiq hovuzda Bir poy qamish shippak Ho‘l qor yog‘moqda . . .
Yosa BUSON .
* * * Tovuqlar katakda uxlashayotir Bu vaqt qor yana qalinroq Qoplayotir dalalar ustin
Kobayasi ISSA
* * * Shamol qalpog‘ini uchirib Savalaydi sellar beayov Qo‘riqchi dalada . . .
XAGI - DZYO.
* * * Oydin kecha - Naqadar ayanchli , naqadar baxtsiz Daladagi qo‘riqchi . . .
Masaoka SIKI .
* * * Daladagi qo‘riqchi Hatto Xizr bo‘lib kelganida ham Boshdan olmas yevroqalpog‘in .
DANSUY .
* * * Hoy , hovlida yana ne shovqin ? Bu qo‘riqchi , kuchli shamolda Yerga qulab tushdi gursillab .
BONTYO .
* * * G’oz , yovvoyi g‘oz , Ayt necha yil uchding sarosar O’rmonlar ortiga , dengiz ortiga ?. . .
Kobayasi ISSA .
* * * Yovvoyi g‘ozlarning galasi , G’og‘olab pastladi yaydoq dalaga . Kuchaymoqda tungi sovuqlar . . .
KYOROKU .
* * * Qizilishton taqillatmoqda - Kun botsa ham hamon tinmaydi Hamon o‘sha eski joyida . . .
Kobayasi ISSA .
* * * O’choq boshidagi kovakda Kuylar tamom o‘zin unutib Tanish chirildoq . . .
Matsuo BASYO .
* * * Teshik soyabon - Qishlov uchun qo‘l keldi juda Ko‘rshapalaklarga !. . .
Yosa BUSON .
* * * Sovuq tun Jig‘imga tegishchun qo‘shnilar atay Qozon taqirlatayotirmi ?
Yosa BUSON .
* * * Sichqon chiqib borar Ko‘rpam yonidagi jinchiroq sari Yog‘ ham muzlabdi . . .
Yosa BUSON . * * *
Davomi bor
|