Чоршанба, 08.01.2025, 08:05 | Главная |
Наш опрос
Саҳифани баҳолаш
Жами жавоблар: 20
|
Главная » 2008 » Май » 26 » Холдор Вулкон таржималари Лотин графикасида
Холдор Вулкон таржималари Лотин графикасида | 19:24 |
Matsuo Basyo yozgan
Хaykular:
Qorli tong. Yana quritilgan baliqni Yeyman shekilli yolg‘iz bir o‘zim.
*** Dengiz suvida suzib yurar Mayda yaltiroq baliqchalar Tutaman desang yo‘q bo‘lib qolishar.
*** Sovuq shamollarda sholoplar eshkak Yuragim siqilar Tun yana ko‘z yosh…
*** Shu qoyadan turib Ko‘m - ko‘k dengizga Qalpog‘imni uloqtiraman!
*** Qishki dala Uzoqlarda yurar dexqonlar Qolgan - qutgan cho‘plarni yig‘ib
*** Sochim o‘sibdi Ozib ketdim, rangim olingan Bug‘u oyidagi yomg‘ir to‘xtamas.
*** Banan yaproqlari so‘lg‘in Oyning porlab chiqishini Sarg‘ayib kuzatar dexqonlar
*** Yo‘llar toyg‘oq muzlama Attang, toyib yiqildi Shirakayf do‘stim.
*** O’lgan o‘g‘lin eslab yig‘ladi ota So‘nayotgan gulxan cho‘g‘lari O’chib qoldi uning ko‘zyoshlaridan.
*** Egnimdagi qog‘oz ko‘ylagimni Ivitib yirtibdi Bahor yomg‘iri.
*** Muzlagan olabug‘a baliqlari Irjaytirib yotar tishlarin Sovuq do‘kon peshtaxtasida.
*** Qaydasan sen, mening tayanchim? Xassa qilib olgan cho‘pagimni Sindirdi kuzgi shamol.
*** Ufqlarga botmoqda quyosh Kuzgi daryo suvlarida Yaltillaydi mayda baliqlar.
*** Choponim yupqa. Kun bo‘yi o‘tirib undagi bitlarni Terib o‘ldirdim.
*** Juda qalin qor yog‘ibdi Endi Xakbinz tog‘idan Qanday oshib o‘tar odamlar?
*** Yosinodagi gullagan giloslarni Ko‘rsataymi senga, Mening qalpog‘im?
*** Oxir quvib yetdim O’tgan bahorni Olis "Vaka” bandargoxida.
*** Voy bayov!.. Voy bayov!.. Yana nima deyish mumkin siz xaqingizda Yosinodagi gullagan giloslar!
*** Ot ustida uxlab qolibman. Uyg‘onganda ko‘rdim olisda oyni Tongi tutunlar.
*** Qarayman, aylanar qorga Qorong‘u kechada Qishki yomg‘irlar.
*** Ustunlariga has - xashak ilingan Ko‘prik xayrlashayotir To‘lin oy bilan.
*** Qaydan keldi bu yalqovlik? Bugun arang uyg‘otishdi meni Shovullaydi bahor yomg‘iri.
*** Qiziqamiz yonar qurtlarga, Qayiqchidan umid yo‘q, u mast, To‘lqinlar qayiqni surib bormoqda.
*** Oydin qish kechasi Qor bosgan yo‘llar, Itga otay desam topilmaydi tosh.
***
Kobayasi Issaning yana ikki xaykusi:
Kechib o‘tdim sayoz va toshli, Fe’ruzarang daryo suvlarin Shippagimni qo‘limga olib
*** Oydin kecha Tiniq sholipoya suvida Oqib yurar gilos gullari .
Kovaxigasi Xekigadoning ikki xaykusi
Suzayotir qora kemaday, Sekin asta bulutlar aro Tog‘ning cho‘qqisi.
*** Shilliqqurtning sira Chig‘anog‘idan chiqqisi kelmas Kuzgi shamollar.
Masaoka Sikining ikki xaykusi
Gullagan Yamabuka soyasi, Suv solingan qovoqda Biltanglaydi kumushrang baliq.
*** Kimsasizlik. Daraxt soyasidagi o‘rindiqda Qarag‘ayning igna barglari.
Nayto Meysetsu yozgan xaykular:
(1847 - 1926)
*** Og‘ilxona ustida Porlar yangi oy. Olxo‘ri gullabdi.
*** Qaytarib keladi o‘z ovozimni Yana o‘zimga Kuzgi bo‘ronlar.
*** Oy porlayotir. Oyoq qo‘ydim osma ko‘prikka, Lapangladi ko‘prik g‘ijirlab .
*** Yurmayotgan otining Jilovidan tortar zo‘r berib Aravakash sovuq kechada.
*** Eshitilar oyna ortidan Dexqon ketmonining chiqirlashlari. Shudgorda tosh ko‘p.
*** Zilol suvli daryo, Lapanglab oqmoqda Suvga qulatilgan xodalar.
*** Tutunlarda ko‘rinmay ketar Sargashta roxib. Olislarda yangrar qo‘ng‘iroq.
*** Chug‘urchuqlar galasi Uchib o‘tdi tepamdan. Eshitdim qanotlar shuvillashini.
*** Menga sovg‘a berishdi, Uyga olib ketyapman suvli kosada Oltin baliqchani.
*** Qish yomg‘iri. Xamma narsa jim. Qirg‘oqdagi qayiq ham hatto.
*** Go‘yo itoatkor kapalakni oldiga solib Xaydab kelayotganga o‘xshar So‘qmoqdagi yo‘lovchi.
Taneda Santoka xaykulari:
(1882 - 1940)
Shunday ketmoqdaman So‘zanakni qalpog‘imga Qo‘ndirganimcha.
*** Yolg‘iz o‘tiribman Romlarga yelimlab Yangi qog‘ozni.
*** Qanday va qayoqdan qaramayin Hamon yog‘ayapti to‘xtamay Yog‘ayapti qor.
*** Chirildoqlar chirillar. Berkinishning iloji yo‘q Bu tovushlardan.
*** Hamon uchayapti Kuzgi daraxtlarning Yaproqlari sovuq shamolda.
*** Dam olib yotgan chog‘im Qizil so‘zanak Oyog‘imga qo‘ndi o‘tloqda.
*** Yaxshilab chaynash kerak, Hafsala bilan. Guruch bu guruchda…
*** Sake ichib Chirildoqlar bilan Uxlab qolibman.
*** Yozgi sel shovqini Yillar o‘tishi bilan men kabi Qaribdi u ham.
*** Mana uchrashdik nihoyat, Baland qoyalarda choy butalari. Ular gullabdi.
*** Ayozli qish kechasi. Sovuq izg‘irin. Men qaerda tunayman endi?..
*** Qayoqqadir shoshar Sovuq bulutlar Cheksiz osmonda…
*** Dalada izg‘irin. Toshlarni teraman Kuzgi shamolda…
*** Qishki yomg‘irlar. Nazarimda, O’lmaganga o‘xshayman hali…
*** Qanday ivib ketdima! Boyagina huv anavi, Bulutlardan yoqqan yomg‘irda!..
*** Uzuliksiz kovshanaman. Mening ovqatim - Guruch kepagi.
*** Hoy ,noinsof chigirtka! Xaltadagi guruch o‘zi oz! Ertagacha yetsin…
*** Kechki ovqat yo‘q. Kuzataman quyoshni Tog‘lar ortiga…
*** Oh, qanday ajoyib Sel boshlanishi! "Tuk - tuk - tuk - tuk”…
*** Yolg‘iz kapalak pildirab Uchib aylanyapti. Hamma yoqda tosh.
*** Oqshomda uyga qaytayapman Qor ustini qoplab borar qor. Taraladi sukunat xidi.
*** May oqshomi. Baqalar qurillashi aro Poezd shovqini.
*** Ayvonda o‘ltirib Tongi shabbodada Umebosi qiyomin yeyman . . .
*** Yolg‘iz va sokin Jim - jit o‘ngirlarning Shaffof tonglari . . .
*** Iyul jalasi Toshib ketdimi deymanda , Samo to‘g‘oni . . .
*** Xotiralar uchib kelar Qaydandir birdan Oppoq yuvosh kapalak bilan . . .
*** Atrof tog‘ o‘rmoni , Boshim ostida tosh . Va bulutlar kuzgi osmonda . . .
*** Tungi ibodatxonada Tongacha mushuk O’ynaydi parvona kapalak bilan
*** Yo‘lda kasal bo‘lib qoldim , Mana endi tungi zulmatda , Tinglayapman sel shovqinini . . .
*** Qorong‘i tushdi Endi oydin tog‘lardan Axtaraman tunamoqqa joy
*** Naxot shu kul qolgan bo‘lsa Yoqib yuborilgan kundaligimdan ?. . .
*** Tong pallasi yirik tomchilar Nog‘ora qilib chalar Kulbaning tomin .
*** Burga chaqib uxlatmayapti . . . Yulduz to‘la bepoyon osmon . . .
*** Dengizlarga tikilganimcha Soxildagi o‘tloqda Bo‘shanaman , xojat qilaman
*** Bolakaylar o‘ynab yuribdi Qabrlar aro . . .
*** Oqshom qo‘ng‘irog‘i jaranglar . . . Oyoqlarim yurmay qo‘ydi . . .
*** Kuzgi shamollarda Ot sug‘oraman . . .
*** Cho‘chqa menga tikildi , Qiziqishdan ochilgan og‘ziga Kirmoqda kuzgi shamol .
*** Kun bo‘yi yomg‘ir yog‘di . Men o‘yladim xasratga cho‘mib , Olislarda qolgan Vatanimni .
*** Yemish so‘rab miyovlar mushuk Lekin hech narsa yo‘q unga bergani . . .
*** Buncha ham mazali Bo‘lmasa guruch . Kavshanaman bir o‘zim o‘ychan .
*** Oftob qizdirmoqda Ustarada qirilgan Taqir boshimni
Isikava Tokuboku .
( 1886 - 1940 ) *** Yarim kechasi ko‘chada xayrlashayotib O’pishgandik ikkimiz uzoq . . . Olis kunlar yong‘ini . . .
*** Turgenevning romanin Poezdda o‘qib ketayotib ” Isikari ” dan o‘tib ketibman
Midzuxara Syuosi .
*** Ko‘l uzra porlayotgan oyni , Tomosha qilmas hech kim Barcha sholi o‘rimida . . .
*** Binafshalar gulladi yana Toptaldi so‘qmoqlar Bahorgi o‘rmonlarda
*** Olmalar gullagan . Boyagina yoqqan bahor selida , Oppoq gul qopladi soxil suvlarin .
*** Oy porlar . Qayinlar soyasi sezilmas , Tumanlarga cho‘mgan qayinzor
*** Bahorni kuzatayapman Yomg‘irlarda shalobbo ivib Bulutlar bilan yuzma - yuz , tog‘da
*** Yomg‘irli kun . Oqin bo‘ylab oqar xrizantemalar Ko‘rinmaydi bironta qayiq
*** Choy gullaydi baland qoyada , Shom zulmati qoplagan tog‘lar . Olislardan ko‘tarilar oy
*** Naxotki binafsha Yolg‘iz gulladi Tutzorda yana . . .
*** Qaldirg‘ochlar chiyillab uchar , Tog‘lar orasidagi uyimning , Tomi ustidan .
*** Xagi gullayotir Asama tog‘iga chiqaman Bulutlarni qayrib . . .
*** Jarlar aro , to‘lqinlar uzra , Chaykalarning ini yonida Olxo‘ri gullar . . .
*** Berkinadi o‘t - o‘lan ichra Tunash uchun o‘tloq kakkusi , Yaqinlashar tun . . .
Akutagava Ryunoske .
*** Xatto quyonning ham , Quloqlari shalpayib qoldi Qanday issiq xavo !
*** Mana tong otdi , Qo‘shig‘ini to‘xtatib birdan , Chirildoq jimib qoldi
*** Tog‘ etaklarida Yumilib qolibdi sovuq ayozdan , Choy g‘unchalari
*** Qishki yomg‘irlar , Kanal qirg‘og‘idagi choyxonada Yolg‘iz bir mexmon . . .
*** Bog‘ yo‘lakchasidagi Ko‘lmakda aks etar Azaliya gullari . . .
*** Qish kechasi sovuq , Yo‘lning ikki cheti Bambuk o‘rmoni .
Natsume Soseki .
*** Men kasal yotgan xonaning Bambuk pardasida Kuzgi kapalak
*** Kuzgi daryo uzra , Aks - sado yangrar . Chayla qurishyapti uzoqda
*** Kuzgi daryo soxili , Topib oldim silliq , yapaloq . Oppoq qayraq tosh . . .
Nakamuro Kusado .
*** Gilos mevalari To‘ldi qirmiz sharbatga Biz o‘g‘il ko‘rdik . . .
*** Qishki dengiz , Oqayotgan gul pallalariday , Suzar chaykalar
*** Osmonda yulduzlar, Qayiq to‘la olma , Uy tamon suzaman…
*** Ko‘zaga suv quydim Qo‘ng‘iroqlar tovushin tinglab , Yangi yil kechasida
Iida Dakotsu .
*** Pechkada o‘tin yonar , Oyna orti - sovuq dengiz uzra Chiyillaydi chaykalar . . .
*** Pechka eshigin ochdim , Oxista , istamaygina Yonadi ko‘mir . . .
*** Shamolda chayqalib jaranglar Eshigimga osilgan qo‘ng‘iroq Anor gullabdi . . .
*** Pashshaxonaga kirib yotibman , So‘nayotir kuzgi saharda O’choqdagi kechagi cho‘g‘lar . . .
*** Namiqib bo‘kdi tevarakdagi , Quvrab qolgan kuzgi maysalar. Yomg‘ir quyar tog‘larni yuvib
*** Esar g‘arbiy shamollar , Kirib kelar yomg‘ir suvlari , Ostonaga qadar o‘rmalab .
*** Inson qalbiga o‘xshar Faqat bir narsa - Kuzgi yonar qurt . . .
*** Qor ko‘mib tashladi Barcha yo‘llarni Isinaman o‘choqda yolg‘iz . . .
Nayto Meysetsu .
*** Shaffof suvda Qilt etmaydi mudroq baliqlar Kuzgi shamol . . .
Takaxama Kyosi .
*** Qor og‘irligidan qiyshaygan Og‘ilxona tamonda Maraydi sigir . . .
*** Guvillagan sovuq shamolni , Ko‘ksim bilan qarshi olib . Bir zumga unutdim qariganimni . . .
*** Men bugun xar doimgidan ham , Qo‘proq achindim gullarga Qish shamolida
*** Baland qoya toshlar aro Ko‘rinadi mo‘‘jaz bir qishloq , Qishki qaltis yo‘llar .
*** Ikkiga ayrilib Olisga cho‘zilar ikki ip - Dala so‘qmoqlari
*** Xademay jimib qolar O’tinchilar boltasi tog‘da , Kuzgi yomg‘irlar . . .
*** Uxlang Tokioliklar ! Birinchi qish yomg‘iri yog‘ar , Tungi jimlikda
*** Ariqchani loyqalatib , Dexqonlar sholg‘om yuvar Xafsala bilan . . .
*** Qishki bo‘ron . Fonarning xira nuri , Aks etadi paqir suvida
*** Mo‘rini ochaman . Qilt etmay osilib turar , Kul ustida mudroq o‘rgimchak
*** Birinchi qish yomg‘iri , Mening yuragimda umrbod Qolar endi u . . .
*** Janub yoqqa uchib o‘tdi qush , Tumshug‘ida nimadir cho‘qib . Meva shekilli . . .
*** Mana , yana bitta chinor novdasi , Yalang‘ochlandi . . . Chor - atrof jim - jit.
*** O’tinchilar qarar , Tog‘lardan turib , Vodiylarda qolgan qorlarga . . .
Davomi bor
|
Категория: Таржималар |
Просмотров: 1374 |
Добавил: valfajr
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |