Чоршанба, 08.01.2025, 08:11 | Главная |
Наш опрос
Саҳифани баҳолаш
Жами жавоблар: 20
|
Главная » 2008 » Май » 26 » Холдор Вулкон таржималари Лотин графикасида
Холдор Вулкон таржималари Лотин графикасида | 19:19 |
Kovaxigasi Xekigado .
*** Oyog‘im ostida o‘ralashib , O’sgan maysalar aro Chiyillaydi mitti jo‘jalar
*** Men tun bo‘yi xayku yozaman , Xotinim esa Nimanidir yamab - yasqaydi . . .
*** O’tloqqa chiqaman , Qizg‘aldoqlar to‘zg‘ir shamolda Suqsirlar uchib o‘tar . . .
*** Kartoshka qaynataman, Tovushsiz koinot bo‘shliqlarida Yig‘lar bolakay . . .
*** Qoraygan o‘choq mo‘risi uzra Aylanadi inga joy izlab Qaldirg‘ochlar baxorda . . .
*** Qishloqda bayram , Qirmizi fonarlar yonar , Bug‘u ma’rar olis zulmatda . . .
*** Suv charxpalagin aylantirishdan , Charchadi odamlar Sholi ekish mavsumida . . .
*** Bug‘da pishirilgan sholg‘omni Suzmaga qo‘shib yeb O’ltirdim g‘amgin . . .
*** Sovuq suyagimdan o‘tib ketdi Choshgox payti soxilda Qarag‘aylar aro daydiyman .
*** Novdalari gulga burkangan Bexi daraxti ostida Gullaydi binafshalar .
*** Xuv ana , uzoqda ” Yosa ” ning qishki dalalarida Ko‘rayapman qor qarqaralarin .
Isikava Takuboku .
***
Kasalxona derazasiga Yaqin olib kelishdi meni. Odamlarni ko‘rib quvondim.
*** Oxiri uloqtirdim Kuya yegan telpagimni men. Olti yil kiydim uni.
***
Toki Dzemmaro.
***
Uzoqlarni ko‘rsatdim barmog‘im bilan, U yoqlarda, u o‘lkalarda Oqib yotar Volga daryosi.
*** Uziliksiz, xuddi telbadek, O’ylayverdim achchiq tamaki chekib Olis Sibir qorlari xaqda.
***
Qayta - qayta o‘qiyman ko‘zlarimda yosh, Yurakka yaqin Turgenevning bu kitobi. Muqovasi sarg‘ayib ketgan…
*** Ox, necha bor o‘chdi papiros cho‘g‘i, Hasratli o‘ylar - Achchiq Rus tamakisi, qish…
***
Nasivaki Dzyundzaburo.
***
Kuzgi daryo qirg‘og‘i. Uzun - uzun o‘t - o‘lan ichra Baliq tutayotgan odam o‘ltirar.
SAYGYo ShYe’RIYaTIDAN
Ex ,agar bu dunyoda Oy bulutga botmasa Olcha gullari to‘kilmasa Men yashayverardim Dalalardan kelmay umrbod
*** ” Yosino ” tog‘laridagi Olcha butoqlarida Muzlab yotar qor Olchalar gullashga Kechikmasaydi . . .
*** Duvillab to‘kildi Uzun - uzun o‘t - o‘lanlardan . Billur shudringlar . Kuzgi shamol guvillar ” Myagino ” dalalarida
*** Nixoyat kuzgi osmonda Qosh qoraygan on Arang - arang yaltirab Qo‘rindi uzoq kutdirgan , Sog‘intirgan oy
*** Endi qandoq qilaman men , Ko‘ylagimning namchil yengida , Yalt etdi shu’la Botib ketdi bulut ortiga Kuzgi mayus oy
*** Kuz oqshomi , oydinda Yoprildi bulutlar Oy yuzin to‘smoq uchun Yo‘q , ko‘zlarimni aldabdi G’ozlar galasining ko‘lankalari
*** Osmonda oy yo‘q . Chiqarmikin u ? Men ayvonda o‘ltirganimcha Uzoq kutdim Oy chiqishin tog‘li qishloqda
*** Kunduzgiday yop - yorug‘ kecha Ko‘lankam ham ko‘rinmas . Oy yaraqlab porlar Borar manzilimni angladim Qo‘ng‘iroqlar tovushidan
*** Shudringlarin to‘kmay Uzib oldim men Gullagan Xagi butog‘ini Chigirtkalar qo‘shig‘in tinglab Oy yorug‘ida
*** Qora siyox bilan yozilgan Xatlarga o‘xshab G’ozlar qanot qoqib G’og‘olab uchar Tungi osmonda
*** O’t - o‘lanlarni qayrib Yurdim qayg‘uga botib Shudringlardan og‘irlashdi Ko‘ylagim yengi Chigirtkalar menga qo‘shilib yig‘lar
*** Baxor tumanlari, Qayoqqa , qaysi tarafga Uchib ketdi ekan qirg‘ovullar ? Ular tuxum qo‘ygan o‘tloqqa Bolalar o‘t qo‘yibdi
*** Tuman qoplagan dala O’raman o‘t - o‘lanni . Tumanlar qayg‘uli Bolaligim berkinib olgan Xuv olisda , tumanlardan ham narida .
*** Tumanli tepaliklar tamonga Berkingan qirg‘ovullar Uzoq - uzoqlardan Qanotlar sharpasi Sezilar menga
*** Tinchim yo‘qolgan Qaerda , qaysi o‘ngirda Qaysi tog‘ yonbag‘irida Qaysi olcha Gullar ekan birinchi bo‘lib
VAKAYAMA BOKUSIY yozgan tankalar .
Vulqon poyida o‘sgan Qarag‘ay o‘rmonida Oy kumush shu’lalar taratgan kecha Tun bo‘yi tinmay Sayradi kakku
*** Eski kvartalda Ufqdagi shom bulutlariga Qarab to‘ymayman . Kechki soat vaqtin xabarlab Qo‘ng‘iroqlar jaranglar
*** Sajdagoxdan tushaman , Zinama - zina , oxista . Va quyuqlashayotgan zulmatda Butun vujudim bilan Xis qilaman bu kuz , bu tunni . . .
*** Oqshom xasrati ! Qirmiz ko‘mirlarga sochgin Ozgina SAKE Xushbo‘y ko‘katlarning xidiga To‘lib ketar o‘shanda xonang .
*** Mudroq tog‘lar U yoqda tog‘lar poyida esa Mudraydi dengiz Qirg‘oq bo‘ylab sayr qilaman Baxor quvonchiga to‘lib vujudim
*** Yarim kecha oydinda Uyga qaytaman . So‘ng zinapoyada to‘xtayman Yengimdagi archa ignabarglarin Qoqib tushirmoq uchun .
*** Bulutlar tarqadi Men Asama cho‘qqisidagi So‘qmoqlarda daydiyman Vulqon mo‘risi ustida Bulut parchasiga o‘xshagan tutun
*** Dengizga termuliman Eshitaman qirg‘oq kuylashin . To‘lqinlar gumbirlar Gox ko‘kka sapchib , goxida pastlab Yuragimni to‘ldirar g‘amga
*** Derazani ochaman Yuzlarimni silar quyoshning Muloyim nuri . Uzoq kutgan edim , nixoyat Keldingmi , oltin kuz !
*** Dud burqsigan o‘choq Tutun xidi kelar Kurujkadagi qaynoq suvdan Tog‘dagi qishki kulbada sovir G’aribgina kechki ovqatim
*** Daraxt shoxlari aro Porlaydi qishki quyosh , Yuzlarimga tegar Uning nurlari Yoritadi , lekin isitmas !
*** Men uzoqqa ketdim . Va dengiz soxilida Tunamoqchi bo‘ldim Endi yotgan edim yarim kechasi . Quydi daxshatli jala.
Yosii Isamu .
Qumli qirg‘oq . Baliqchi qayig‘iga o‘tirib olib Seni olaman qo‘ynimdan - Muxabbat xaqidagi qissa, Sexrlanib qoldim sen bilan
*** To‘lqin yugirib Sholoplab qaytdi Qumdagi men yozgan xatni o‘chirib . Kim o‘chira olar , ayting kim , Motamzada Xatni yurakdan ?
*** O , naqadar orziqar yurak ! Qumtepa kechasi tushar yodimga . Dengiz g‘alayoni olisda Chaykalarning g‘amgin shovqini . Pichirlab aytilgan sevgi izxori . . .
*** Naxotki shunchalar mayda , Arzimas xavotirlarim mening Xayajon , tashvishlar Naxotki men unutsam ularni . Bir ikki qadax vinodan keyin
*** Oyoqlayotir Yoshlik yana muvaqqat ishrat . Endi ular bu xayotda Xech qachon takrorlanmas Kuchaymoqda kuzgi shamollar…
*** Xushbo‘y tamaki xidi Suzar xavoda Daydiyman g‘amgin Qing‘ir - qiyshiq jinko‘chalarda . ” Gion ” xavosidan simirib yolg‘iz . . .
*** Poytaxtda ayoz , Muzlab qolmadimikan Uchib ketayotib Qo‘ng‘iroq jarangi Asta valdirayman Sovib qolgan soke ustida . . .
*** Bilganimda edi o‘shal derazadan Tumanli zulmatlar aro porlagan Fonarning xira yog‘dusi aro Sukunatli tunda oynasini Taqillatgan bo‘lardim albat .
*** Xech kim kelmas So‘ppaygan yolg‘iz qabrimni Ziyorat qilmoqqa ko‘zyoshi to‘kib . O’lganingdan keyin unutilishingni O’ylamoq qayg‘uli . . .
*** Eshitdim , Bokusiy tark etibdi Bu telba dunyoni . O , kuz bunchalar mayus, Xattoki yurt ba yurt daydib yursamda , Xayto yeb - ichsamda , xuzurlansamda ! . .
*** Kamdan - kam odamga nasib qiladi Totmoqlik namxush qayg‘uni - Lablar bilan xis qilmoq Tinimsiz ichilgan sake ta’mini Xayot va mamotning chegarasida . . .
*** Fevral oyi , Eshitaman olis qaldiroqlarni Baxorning birinchi aks - sadosin . Qor yog‘ayapti . Men Krab chig‘anog‘ida Sake qaynatyapman , yolg‘iz bir o‘zim
*** Qaerda , qanday va qachon , Tark etarkinman bu dunyoni men Men xayotim xaqida o‘ylayman . O’limim xaqida fikr qilaman ” Ino ” tekisligida , oydinda
*** Xasratli iztirob ! O’choqqa o‘t qalayman . Va tun bo‘yi o‘ltirib Xasratli o‘yga cho‘maman Qizargan ko‘mirlarni kovlab , ag‘darib . . .
*** Sening fikringa qo‘shilmagan Odamlarni savalash shartmi . Yaxshisi xivich olib O’z - o‘zingni savalab Mamataloq qilgan yaxshiroq . . .
*** Xasratli qayg‘ular ! Bugun yana o‘choqdagi ko‘mir cho‘g‘ida Sake isitaman - Kundan kun tobora qishga Singib borayotir ” Nirao ” darasi . . .
Ito Satio .
Men yomg‘irli tunda ” Pion ” gullarini sog‘inib ketdim . Va fonarimni olib Tashqariga chiqdim yomg‘irda daydib , ” Pion ” larni ko‘rib kelmoqlik uchun .
*** Zulmat quyuqlashdi Men derazani yopmay Jinchiroq yoqdim . Qarasam , chiroq yog‘dusida darcha ortida Tovlanib turardi ” Pion ” gullari . . .
*** Ko‘rayapman - tosh ustin yopib , Va daraxtning poyini qoplab , Go‘yo birgalashib , yig‘ilib , Xamkorlikda chirpiramoqqa Xozirlanar bargi xazonlar . . .
*** Yeru osmon Tong otguncha uyquga ketar Zulmat quyuqlashar Va bepoyon dengiz ustidan Ko‘tarilar qip - qizargan oy . . .
Simaki Akaxiko .
*** Gullayotgan o‘tloqlar aro O’t - o‘lanli so‘qmoqdan yurib Keldim olis bug‘doyzorga Va dedim o‘zimga o‘zim ” Jim - jitlik ! ” O’rdak g‘aqilladi menga javoban . . .
*** Yarim kecha Quyuqlashgan tumanlar aro Sizar yog‘dular - Va sirg‘algan oy shu’lasida G’ira - shira jilvalanar suv . . .
*** O’rmon sayxonligidagi Sichqonli o‘tloqlarda O’ltirdim uzoq Tog‘li o‘lka bilan xayirlashyapman . Qayg‘uli va og‘ir bu yurak uchun
*** Xira yorishmoqda tong , Iliq ko‘l suvlarin bug‘latib . Va tumanlar navbat ba navbat Suzib kelar Ko‘l ustin qoplab . . .
*** Chiroq shu’lasiga talpinganicha Tungi parvonalar aylanar uchib , Uyda , men bilan yonma - yon , Bolalarim uxlar Eski - tuskilarga o‘ranib , qotib . . .
*** Yomg‘ir tindi . Shundan bo‘lsa kerak , Xavo muzdek , Guruch qog‘ozining qirg‘oqlarida , Yonib tugayotir botish shu’lasi . . .
*** Tungi ko‘chalar , So‘ngan kullar qurumi bosgan O’choq mo‘risining qirg‘oqlarini Qirov bilan bezaydi Izg‘irin ayoz . . .
*** Uzoqlardan , Tun qa’ridan eshitilar To‘lqinlarning bo‘g‘iq shovqini . Daraxtlar soyasi cho‘zilib yotgan Oydinda raqs tushar dexqonlar
*** Yozayapman , yozayapman , Qorong‘i tushsada Xatto chiroqni yoqish uchun ham O’rnimdan turgim kelmas Yolg‘iz qarshilayman oqshomni shunday . . .
*** Dalalarda erib ketdi qor, Qo‘ng‘ir tuproq yalong‘ochlandi . Va osilib turar yer uzra Botayotgan quyosh lappagi Ko‘rinishi kichik va sovuq . . .
Nagatsuka Takasi .
*** Dala ortidagi zovurda Boshlarini chiqarib suvdan Baqalar kuylaydi . Siyrak o‘rmonda esa Kalinalar gullabdi oppoq .
*** Uy oldidagi bog‘da Salqin tumanlar Tongi g‘ira - shirada ” Badyan ” shoxlaridan to‘kilgan Xazonlarni supuraman jim .
*** Loviya palaklari Yig‘ishtirib olingan. Kuzgi daladagi To‘rsaygan kulrang tikanlar aro Chigirtkalar chirillar g‘amgin . . .
*** O ,Kameliya guli , Muzlab sovqotding , Sovuq shamolda Senga xech kim achinib boqmas . O’xshash bizning taqdirlarimiz . . .
*** Bugun tunda jarangdor Ovoz bilan kuylar chirildoq . Qaerdadir , shu yaqin atrofda - Balki , misol uchun , oshxonada , yoki Sabzovot solingan to‘rvada kuylar . . .
Koidzumi Tikasi
*** Botayotgan kunning shu’lasi Qirmizi yong‘inday shomgi tog‘larda . Bambuklarning qoraygan Soyalari esa aks etar Qog‘oz devorda . . .
*** Yomg‘ir tindi . Botayotgan quyosh bo‘zarar Bug‘ ko‘tarilib Suza boshlar , xovuz ustida Gullaydi noklar . . .
*** Qo‘shnilar meni Bug‘li xammomida cho‘milishga Taklif qilishdi . Qaytayotib osmonga boqdim . Uchqunladi qor . . .
*** Qadrdon do‘stimni Ziyorat qilgani bordim Romashka gullari Juda erta ochilibdi Chetan devorli , bog‘larda .
*** Fonarni o‘chirib Boraman tong saxar chog‘i . Va ko‘raman olisda Oppoq tumanlar Yumalanib suzar yer uzra . . .
Syaku Tyoku
*** Bo‘m - bo‘sh yo‘l . Quyiladi atrofga jimlik Qichishadi burun katagim Yoqilgan gulxanning achchiq dudidan . Choy qaynatyapman . . .
*** Qalbda xotirjamlik ! Baxor bo‘ronidan so‘ng Xamma narsa tinchlandi, mana , Eshitila boshladi ko‘chada yana Yog‘och kovushlarning to‘qillashlari . . .
*** Bulutlardan sizib o‘tayotgan Oyning xira yog‘dusida Toshayotgan daryo kechuvidagi Sholipoyalar aro Bo‘qoq tortgan sholilar xidi . . .
*** Tog‘dagi qishloq Qor bosgan daraxtlar . Jimlik , sokinlik . Odam ham , it ham ko‘rinmas Qarg‘alar yuribdi uylar oldida
*** Mana , yana qaytib keldim men , O’sha tog‘lardagi pastak kulbamga Oshxonada yangrar G’aroyib qo‘shiq . Bu yangi hamxonam -qora chirildoq . . .
|
Категория: Таржималар |
Просмотров: 1506 |
Добавил: valfajr
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |