Пайшанба, 09.01.2025, 21:04 | Главная |
Наш опрос
Саҳифани баҳолаш
Жами жавоблар: 20
|
Главная » 2009 » Апрель » 3 » Холдор Вулқоннинг "Ёлғиз одам" этюди лотин имлосида
Холдор Вулқоннинг "Ёлғиз одам" этюди лотин имлосида | 20:34 |
Holdor Vulqon
|
|
|
YOLG‘IZ odam
Qor
yog‘moqda. Gox qiyalab, goxo chirpirab, goxo to‘zg‘ib, sassiz -
sadosiz, jimgina yog‘ayotir u. Oppoq qor uchqunlari aro xuddi son -
sanoqsiz meteoritlar ichra yo‘rtib borayotgandayman. Men shunday ketib
borayapman. Shunchaki, maqsadsiz, yolg‘iz bir o‘zim tentirab
"Grenobl"dan "Don Mils" ko‘chasi tamon bormoqdaman. Bo‘ralab
yog‘ayotgan qorda botiniy xotirjamlik, yolg‘izlik, cheksiz yetimlik,
mangu va maxzun, adoqsiz bir qo‘shiq borday, qor yorug‘idan ruhim
zulmatlari yorishayotganday tuyuladi go‘yo. Bu qorli yo‘llarning
kimsasizligi naqadar yaxshi! - hayolimdan o‘tkazaman men. Negaki, men
odamlardan tamoman bezdim. Tropik changalzorlar aro oquvchi Amazonka
daryosidagi "Piraniya" deb nomlangan qonxo‘r baliqlar kabi ko‘zlarini
chaqchaytirgan kimsalarning qilvir fitnalaridan, adolatsiz, nohaq fisqu
- fasodlaridan, sayoz, tuzsiz suhbatlardan charchadim, holdan toydim,
tinkam quridi. Oliy imoratlaru vayronalarga, tug‘uriqxonayu
qabristonlarga bir xil yog‘uvchi shoxu gadoga barobar qorning oppoq
uchqunlariga belanib negadir men kabi kindik qoni tomgan Diyoriga
qaytolmay hasratda ketgan shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburni
esladim.
Hazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzing hajrida sarg‘ardim. Ko‘rib rahm aylag‘il ey lolaruh bu chexrai zardim.
Xazonni
gulga zidlab tazod san’atini qo‘llarkan, shoir o‘zi oshiq bo‘lgan
Olloxga tavallo qilib uning vasliga intilib bu yo‘lda chekkan jabru
sitamlaridan zorlanadi, yorining shafqat qilishini so‘raydi. (Chexrai
zardim - sarg‘aygan yuzim demoqchi)(Zarg‘aldoq - sariq qush. Zardob -
zard ob yani sariq suv. Zar - oltinning sariqligiga ishora)
Sen ey gul qo‘ymading sarkashlig‘ingni sarvdek hargiz, Oyog‘ing‘a tushib bargi hazondek qancha yolbordim.
Sen
gul kabi yashnab meni vaslinga zor qilishingni qo‘ymading. Men esa
novdadan uzilgan kuzgi yaproq kabi poyinga bosh urdim ya’ni sajdaga
bosh qo‘ydim - deydi hazrati Bobur.
Ne to’leki mengakim axtari baxtim topilmaydir, Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.
To’leyim
shumligi onchaki, axtari baxtim (Axtar - yulduz, baxtim yulduzi)
topilmaydi. Falak avroqini (Osmon varaqlarini) Daftardek varaqlasam ham.
Hazondek qon yoshim sorig‘ yuzimdin el tanaffurda, Bahar rangi bihamdillox, ulusdin o‘zni qutqardim.
Kuzgi
xazonlar kabi qizargan qonli ko‘z yoshlarim va sarg‘aygan yuzimdan el
tanaffurda ya’ni, nafratda. Bihamdillah - Olloxga hamdlar bo‘lsinki,
ulusdan ya’ni, odamlardan o‘zimni qutqardim. Zahiriddin Muhammad Bobur
bir narsa qilib odamlardan o‘zini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lgani
uchun Yaratganga shukronalar keltiradi.
Ulusning ta’ni tarifi menga Bobur barobardir, Bu olamda o‘zimni chun yomon yaxshidan o‘tkardim.
Ulusning
ta’ni - ta’rifi ya’niki, odamlarning ta’nayu malomati bilan ta’rifu
maqtovlari men uchun ahamiyatsiz. Men dunyoda yashamadim balki, umr
bo‘yi urinib - surinib o‘zimni yaxshi -yomon orasidagi tirik koridordan
o‘tkazdim halos - deya g‘azalini itmomiga yetkazadi sarkarda shoir. Men
esa hamon qor uchqunlari aro boraveraman. Mayli, zulmatda yog‘ayotgan
qor yanada kuchaysin. Mayli, "Fleming Don Park" o‘rmonlaridan bo‘rilar
galasi chiqib meni g‘ajib tashlasin. Pastkash, qo‘rqoq kimsalarga -
bakteriyalarga, mayda mikroblarga talangandan ko‘ra bo‘rilarga yem
bo‘lish sharaf!Faqat yo‘limdan odamzod chiqmasa bo‘lgani! Sen esa menga
e’tibor bermay yog‘aver, qadrdonim Qor! Sen yoqqan saring dildagi
qontalash jaroxatlar ham ko‘milib borayotganga o‘xshaydi. Ha, sen xuddi
jaroxatga bog‘langan dokaday oqarib boryapsan. Men sening chirpirab
uchayotgan oppoq zarralaring aro ketaversam, ketaversam, ketaversam,
ketaversam, va oxiri charchab yiqilsam, muzlab qolsam, odamlardan
qutulsam, halos bo‘lsam. Sen to‘xtovsiz yog‘ib meni ko‘mib yuborsang.
Hatto bola - chaqalarim toshfonar ko‘tarib tun bo‘yi izlasalar ham topa
olishmasa. Mangu yo‘q bo‘lib ketsam. Sen esa yana hech narsa
bo‘lmaganday yog‘aversang, yog‘aversang, yog‘aversang, yog‘aversang.
Xoldor Vulqon |
|
Категория: Ҳикоялар |
Просмотров: 1345 |
Добавил: valfajr
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |