Пайшанба, 23.01.2025, 19:15 | Главная |
Наш опрос
Саҳифани баҳолаш
Жами жавоблар: 20
|
Главная » 2008 » Июнь » 12 » Икром Отамурод
Икром Отамурод | 14:33 |
Ikrom Otamurod |
|
|
Ikrom Otamurod (1951 yilda tug‘ilgan)
Ikrom
Otamurod 1951 yil 5 mayda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi
Kasbi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida taxsil
olgan (1969—74). Dastlabki she’riy to‘plami — «Vaqt ranglari» (1982).
Shundan so‘ng shoirning «Janub qushlari» (1983), «To‘rg‘ayli manzillar»
(1984), «Ufqlar orti bepoyon» (1987), «Ruhimning qayg‘usi» (1995),
«Sen» (1999), «Kanglum, o‘zing» (2002), «Tavr» (2005) kabi she’riy
kitoblari nashr etilgan. Bir nechta dostonlar ham yozgan («Yarador umid
otlari», 1986; «Uzoqlashayotgan og‘riq», 1990; «Sopol siniqlari», 1994;
«Aning umidi», «Xaritaga tushmagan joy», 1992; «Tanazzul» va boshqa).
M. Darvish, M. Bsisu, U. Uitmen, P. Neruda, O’. Sulaymon, Ye.
Yevtushenko kabi shoirlarning she’r va dostonlarini o‘zbek tiliga
tarjima qilgan.
* * *
Kanglum, mendan bo‘lak kiming bor sening, kanglum, sendan bo‘lak mening kimim bor? Ne desang, deguvchi - yolg‘izim mening, Ne aytsang, aytguvchi - o‘zing xokisor.
Kanglum, meni tushunguvchi o‘zingsan faqat, kanglum, faqat seni anglab yetguvchi o‘zim. Mening vujudimda ulg‘ayar toqat, sening vujudingda g‘unchalar to‘zim.
Kanglum, g‘amlarimning ashklari - dayro, kanglum, armonlaring qayg‘ulari - tog‘. Kanglum, seni qa’riga tortar bu dayro, kanglum, meni yanchib ketadi bu tog‘.
Dahri dun dayrida chirpiragan gard – kanglum, bir kun ketarmiz chiqarmay na tog‘. Kimgadir qoldirib g‘aribgina dard, Kimgadir qoldirib g‘aribgina dog‘.
Kanglum... kang... lum...
|
Категория: Шоир дўстларининг ижодидан |
Просмотров: 1227 |
Добавил: valfajr
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |