Жума, 17.05.2024, 04:34Главная

Меню сайта

Календарь новостей

«  Май 2008  »
ДшСшЧшПшЖмШмЯк
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Форма входа

Поиск

Наш опрос

Саҳифани баҳолаш
1. Аъло
2. Ёмон
3. Яхши
4. Даҳшат
5. Ёмон эмас
Жами жавоблар: 20
Главная » 2008 » Май » 26 » Холдор Вулкон таржималари Лотин графикасида
Холдор Вулкон таржималари Лотин графикасида
19:33

          



             SO‘Z SEHRI


                         (Xayku xaqida )

 
Уникальные сооружения

 X
Yapon she’riyatidan
Х
oldor Vulqon tarjimasi.
                            1983 yil.


Xayku yolg‘izlikni kuylaguvchi ixcham san’at asari bo‘lib u tashvishlardan bezgan, noxaqliklardan, ozorlardan charchagan, g‘iybatlar paykonidan vujudlari g‘alvir, xorg‘in ruh egalarining chekinadigan uzlatgoxi, xilvatidir. Yapon shoirlari tabiat bilan uyg‘un umr kechirib xaykular yozish uchun roxiblar kabi janda kiyib, xassa tayanib yovvoyi kaptarlar g‘uvillayotgan kimsasiz dalalar ortida,tumanli tog‘ qishloqlaridagi chakalakzor o‘rmonlarda, vayrona ibodatxonalarning unut xarobalarida, yovvoyi gullar ochilib yotgan o‘ngirlarda yolg‘iz yashaganlar va go‘zal, o‘lmas asarlarni yozib qoldirganlar. Xaykularda ko‘p qirrali nimkosa ma’no, falsafiy mazmun yo‘q. Yapon shoirlari xaykular orqali go‘zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali o‘quvchiga xayrat bag‘ishlaydi, tuyg‘ularini ibtidoiylashtirib tabiatga yaqinlashtiradi, insonning hissiyotlarini sun’iylik g‘uborlaridan tozalaydi.Xaykularda aks etdirilgan manzaralarni ko‘z oldingizga keltira olsangiz, tog‘dagi qishloqda oy chiqishini sarg‘ayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko‘tarilayotgan to‘lin oyni ko‘rayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, bo‘lasiz. Tahayyul va tahayyur shu’lalariga yo‘g‘rilasiz. Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini o‘z tarjimam orqali xukmingizga xavola qilarkanman, shunday ajoyib yapon shoirlarining xaykularini va tankalarini ona tilimizga o‘girish menga ham nasib etgani uchun Janobi Haqqa hamdu sanolar aytaman.

Negaki, Payg‘ambarimiz Sarvari koinot Hazrati Muhammad Sallolloxu A’layxi Va Sallam o‘z xadisi muboraklarida marxamat qilib: -So‘zda sehr, she’rda hikmat bor - deganlar. Qolaversa, yapon shoirlari toju-taxt vasvasasi, fisqu fasod, shaxvoniyat va molu dunyo xirsidan yiroq o‘z xayku va tankalarida Ollox yaratgan dunyoning go‘zal manzaralarini aks ettirib bandalarga hayrat bag‘ishlaydi , insonlar qalbida Ollox qudratining tajallosi bo‘lgan tabiatning musaffo go‘zalligiga mexr - muhabbat  uyg‘otadi.

BUNDAN 600 YIL AVVAL YOZILGAN XAYKU VA TANKALAR

Baland qoyadagi daraxtga yana
Ilinib qolibdi
Mening varragim . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Ajoyib varrak ko‘tarildi
Kambag‘alning tomi ustidan
Ko‘m - ko‘k osmonga . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek
Varragim boshqa varraklar bilan
Qo‘shilib likillar Edo* ustida . . .


Kobayasi ISSA .

* Edo- Tokioning eski nomi.

* * *
Sel toshqini .
Oh , qanchalar to‘lib oqmoqda ,
Qal’a atrofidagi zovurlar !


Masaoka SIKI .


* * *
Bahor seli .
Okeanga quyilmoqda
Bo‘tana suvlar . . .


Yosa BUSON .


* * *
Suv toshqini
Mushuk tushib ketdi oqimga
Sakrab o‘tolmadi bechora .


XORO.


* * *
Bahor shamoli .
Yutoqib - yutoqib suv ichar sichqon
Sumida daryosidan . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Qayiq ustida varaqlari
Tosh bilan bostirilgan kitob
Bahor shamollari esar . . .


KITO .


* * *
Bahor shamoli .
Turnalar oqarib xurpayar ,
Qarag‘aylar orasida . . .


RAYDZON .


* * *
Xuddi odamlarday daydib yuribdi ,
Kaptarlar , chumchuqlar
Baliq ovi mavsumida .


Kobayasi ISSA .


* * *
Baliq ovi mavsumida
Qisqichbaqa ishonqiramay
O’lchab yurar qumda oyoq izlarin . . .


ROFU


* * *
Gullagan sakuralar ichra
Fudziyama yuksalmish ko‘kka -
Yaponiyada bahor !


SYoU.


* * *
Uzoqdagi fudzi tog‘larin
To‘sib qo‘ydi yashil to‘nila
Yoshgina yaproq .


Yosa BUSON .


* * *
Sholi ekish mavsumi .
Ox qancha qayg‘u , qancha tashvishlar
Quyilgan - a bu qo‘shiqlarga !


Kobayasi ISSA .


* * *
Dexqon uxlar tog‘ etagida .
Ketmonchaga boshini qo‘yib
To‘rg‘ay sayramoqda havoda .


Kobayasi ISSA .


* * *
Sholipoya chopgani chiqdim .
Qush ham sayrab qo‘ymas aqalli
Tog‘ yonbag‘rida . . .


Yosa BUSON .


* * *
Men bu yerni ag‘dargunimcha
Ketib qopti dala osmonida
Suzib yurgan bir parcha bulut . . .


Yosa BUSON .


* * *
Oqshom tutunlari .
Nog‘oralar zirillar gulxan tomonda
Chalinadi quloqqa qo‘shiq . . .


RYoTA .


* * *
Kun uzoq cho‘zilar
Ko‘prikka qo‘nganicha turar tustovuq
Ketmaydi uchib . . .


Yosa BUSON .


* * *
Kun uzundan uzoq ,
Olisdan elas - elas eshitiladi ,
Objuvozning horg‘in g‘ijiri . . .


YaXA .


* * *
Uzoqda uchmoqda bir gala o‘rdak ,
Men ketmonchamni chayqayman .
” G’aq ” etadi nimadir suvda . . .


Yosa BUSON .


* * *
O’tloq uzra tutun cho‘zilgan
Vaysashmoqda bir narsalar deb
Ikkita biya . . .

Kobayasi ISSA .


* * *
Eh sen bulbul !
Loy oyog‘ingni arttayapsanmi ,
Olxo‘ri gullariga . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Bulbul sayrayapti
Har zamonda tashlab qahrli nazar
Mening kulbamga . . .


Kobayasi ISSA .


* * *


Bulbul sayramoqda
Gox uyonga , gox buyonga o‘girilib
Gullagan novdada . . .


Yosa BUSON .


* * *
Bulutlarga sho‘ng‘ib
Va ularla uchib shamolga
Qaldirg‘ochlar kelar bahorda .


 
DAKOTSU.


* * *
Dexqon ishlayotgan
Orol ustida ham
To‘rg‘ay qo‘shig‘i . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Yashil javdarizor .
To‘rg‘ay ko‘tarildi dala ustiga
So‘ng yana pastladi . . .


ONISURA .


* * *
Narsalarni yoruqqa qo‘yib ,
Kuzataman soyalar tug‘ilishini
Kuzgi choshgoxda . . .


KYoSI .


* * *
Tong yorishar
Qo‘ng‘iroqlar ovozi
Tumanlarga belanar .


Mantsuo BASYO .


* * *
Fudzi tog‘i ,
Kuzgi osmonni teshib
Ko‘tarilar yuksakka .


ONISURA .


* * *
Kuz kechasi
O’raladi no‘noq yo‘lovchi
Yupqa ko‘ylakka . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Taralmoqda ” o - o - o - ou ! ”
Mungli chorlov aks - sadosi
Tun qo‘ynida daydiydi bug‘u . . .


Matsuo BASYO .


* * *
Kuzgi tog‘da ibodatxona .
Ayvonda turgancha tingladim ma’yus
Bug‘u chorlovin . . .


Kobayasi ISSA .


* * *

Bug‘u ovozi
Olisga jaranglab singadi
Ma’yus va ma’yus


Matsuo BASYO .


* * *
Tungi sovuq .
Menga juldur to‘nin qarzga beradi
Daladaga qo‘riqchi . . .


Matsuo BASYO .


* * *
Izg‘irin ,
Uzoqlarda kasal turnani
Ko‘rayapman men . . .


Yosa BUSON .


* * *
Po‘sht - po‘sht , chirildoq
Xozir yonboshimga ag‘darilaman -
Qani , jo‘nab qol - chi bu yerdan !


Kobayasi ISSA .


* * *
O’choq boshidagi kovakka
Chirildoq kirib olgan
Tungi sovuq . . .


Yosa BUSON .


* * *
Kuz kelmoqda
Bu xaqda xabar olib ,
Uchib keldi qizil ninachi .


SIRAO .


* * *
Zog‘cha tutib oldim
Uning ko‘zlariga qarab bildimki ,
Kuz kelayotir .


DAKOSU .


* * *
Ilgaklangan eshik -
Hovli sahnasida
O’ynar xazonrez . . .


TYeYGA .


* * *
It xurmoqda
Ajratib qurigan xazon shitirin
Xovlida bo‘ron . . .


Sisey - DZYO .


* * *
Oyoq ostidan chiqqach
Chiroyliroq bo‘lib qoldi u -
Bujmaygan yaproq


KYOSI .


* * *
Nok archayapman , oqmoqda ,
Xushbo‘y ,shirin tomchilar
Pichoq bo‘ylab yugirib . . .


Masaoka SIKI .


* * *
Oppoq xrizantema -
Mana qarshisida to‘xtab qaychi ham
Qotib qoldi bir daqiqaga .


Yosa BUSON .


* * *
Yangi bog‘ yaratdim
Nihoyat undagi toshlar namlandi
Birinchi qish yomg‘iri . . .


SYADO .


* * *
Birinchi qish yomg‘iri
Maymun ham qarshilik qilmaydi
Kiydirsang chopon .


Matsuo BASYO .


* * *
Qanday qaysar odam !
Baliq tutar qish yomg‘irida
Qosh qoraygan chog‘ . . .


Yosa BUSON .


* * *
Men shamolga qarshi yurayapman
Soyabonim ortga tortadi
Qishki yomg‘irlar vaqti . . .


Sisey - DZYO .


* * *
Dexqon keng dalada
Menga yo‘l ko‘rsatdi
Yulingan sholg‘om bilan . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Tashlandiq hovuzda
Bir poy qamish shippak
Ho‘l qor yog‘moqda . . .


Yosa BUSON .


* * *
Tovuqlar katakda uxlashayotir
Bu vaqt qor yana qalinroq
Qoplayotir dalalar ustin


Kobayasi ISSA

 

* * *
Shamol qalpog‘ini uchirib
Savalaydi sellar beayov
Qo‘riqchi dalada . . .


XAGI - DZYO.


* * *
Oydin kecha -
Naqadar ayanchli , naqadar baxtsiz
Daladagi qo‘riqchi . . .


Masaoka SIKI .


* * *
Daladagi qo‘riqchi
Hatto Xizr bo‘lib kelganida ham
Boshdan olmas yevroqalpog‘in .


DANSUY .


* * *
Hoy , hovlida yana ne shovqin ?
Bu qo‘riqchi , kuchli shamolda
Yerga qulab tushdi gursillab .


BONTYO .


* * *
G’oz , yovvoyi g‘oz ,
Ayt necha yil uchding sarosar
O’rmonlar ortiga , dengiz ortiga ?. . .


Kobayasi ISSA .


* * *
Yovvoyi g‘ozlarning galasi ,
G’og‘olab pastladi yaydoq dalaga .
Kuchaymoqda tungi sovuqlar . . .


KYOROKU .


* * *
Qizilishton taqillatmoqda -
Kun botsa ham hamon tinmaydi
Hamon o‘sha eski joyida . . .


Kobayasi ISSA .


* * *
O’choq boshidagi kovakda
Kuylar tamom o‘zin unutib
Tanish chirildoq . . .


Matsuo BASYO .


* * *
Teshik soyabon -
Qishlov uchun qo‘l keldi juda
Ko‘rshapalaklarga !. . .


Yosa BUSON .


* * *
Sovuq tun
Jig‘imga tegishchun qo‘shnilar atay
Qozon taqirlatayotirmi ?


Yosa BUSON .


* * *
Sichqon chiqib borar
Ko‘rpam yonidagi jinchiroq sari
Yog‘ ham muzlabdi . . .


Yosa BUSON .
* * *

      
                                                    Davomi bor




Категория: Таржималар | Просмотров: 1622 | Добавил: valfajr
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 | Конструктор сайтов - uCoz